Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2024-yilning birinchi oyida 44 ta yangi tayanch stansiyasi o‘rnatilib, 25 ta tayanch stansiyasi modernizatsiya qilindi

2024-yilning birinchi oyida 44 ta yangi tayanch stansiyasi o‘rnatilib, 25 ta tayanch stansiyasi modernizatsiya qilindi

UZTELECOM taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida tarmoq infratuzilmasini yaxshilashda davom etmoqda. O‘tgan yanvar oyi davomida mamlakatimizning turli hududlarida 70 ga yaqin tayanch stansiyalari muvaffaqiyatli o‘rnatildi va modernizatsiya qilindi.

Ayniqsa, Toshkent viloyatidagi Amirsoy Resort tog‘ kurort majmuasida mutlaqo yangi 5G baza stansiyasining ishga tushirilishi katta yutuq bo‘ldi. Ushbu muhim qadam tog‘li hududda mobil Internet uchun yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Endi ushbu kurort maskanini xush ko‘ruvchilar Internetning yuqori tezligi va ilg‘or aloqa texnologiyalaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.

2023-yil mobaynida UZTELECOM 6000 dan ortiq tayanch stansiyalarini muvaffaqiyatli o‘rnatib, modernizatsiya qilganini ham ta’kidlash joiz. Ushbu sa’y-harakatlar Kompaniyaning infratuzilmasini doimiy ravishda rivojlantirish va takomillashtirishga sodiqligini ifodalab, mijozlarga yuqori sifatli telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishga yondashuvining ilg‘or namunasini ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring