Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri Amiti universiteti bilan onlayn konferensiya o‘tkazdi

AKT vaziri Amiti universiteti bilan onlayn konferensiya o‘tkazdi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va Amiti universiteti rahbariyati ishtirokida onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida Toshkent shahridagi Amiti universitetining keyingi faoliyatini rivojlantirish va ta’lim sifatini ta’minlash, korxona va tashkilotlar bilan universitet o‘rtasidagi sheriklik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Talabalarni o‘quv davrining o‘zida bitirganidan keyin ish bilan ta’minlash imkonini taqdim etish maqsadida, universitetning asosiy o‘quv dasturlari bilan bir qatorda qisqa muddatli o‘quv dasturlarini ham ishlab chiqish va ularni yo‘lga qo‘yish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring