Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andjey Malinovskiy «Beeline Uzbekistan»ni rivojlantirish uchun ishni nimadan boshlamoqchi?

Andjey Malinovskiy «Beeline Uzbekistan»ni rivojlantirish uchun ishni nimadan boshlamoqchi?

Foto: «Beeline.uz»

Bugun, 17-mart kuni poytaxtimizdagi Xilton mehmonxonasida «Beeline Uzbekistan» mobil kompaniyasi mutasaddilari bilan jurnalistlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Beeline Uzbekistan»ga bosh direktor etib tayinlangan Andjey Malinovskiy tanishtirildi.

Polsha fuqarosi bo‘lgan Andjey Malinovskiy 2017-yildan hozirgi kungacha «Beeline Gruziy»ni boshqargan. Ta’riflashlaricha, u elektron tijorat sohasida boy tajribaga ega. Uning boshqaruvi ostida «Beeline Gruziy» o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan tashkilotga aylangan. Andjey Malinovskiy biznes tadqiqotlari va moliya huquqi bo‘yicha ilmiy darajaga ega. U polyak, ingliz, rus va ukrain tillarini biladi.

Uchrashuvda mobil kompaniya mutasaddilari abonentlarning minglab shikoyatlarini ko‘rib chiqishgani, sifat masalasi kun tartibidagi asosiy vazifa bo‘lishini ta’kidlashdi. Mutasaddilarning bildirishicha, hozirda zamonaviy 4G qamrovi respublika bo‘yicha 30 foizni tashkil qilarkan, yil yakuniga qadar ushbu miqdorni ikki barobarga oshirish belgilangan. Baza stansiyalar sonini ham ko‘paytirish rejalashtirilgan. Xususan, kompaniya bosh direktori Andjey Malinovskiy «innovatsion raqamli yechimlarga asoslangan biznesni rivojlantirishni ustuvor vazifalardan biri» ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, «Unitel» MChJ 2006-yil 12-sentyabrdan boshlab «Beeline Uzbekistan» savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. «Beeline Uzbekistan» – bosh qarorgohi Amsterdam (Gollandiya)da joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. VEON xoldingining 9 ta mamlakatda 210 milliondan ortiq abonenti bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring