Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Beeline Uzbekistan komplayens ufqlarini kengaytirmoqda

Beeline Uzbekistan komplayens ufqlarini kengaytirmoqda

Toshkentda «Hamkoringizni biling: samarali vositalar» xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Forumning asosiy mavzusi biznesni axloqiy yuritish me’yorlariga rioya qilish edi. VEON guruhi vakillari hamkorlar bilan munosabatlar xavfsizligini ta’minlash va komplayens tamoyillariga amal qilish orqali kompaniya biznesini mustahkamlash haqida so‘zlab berishdi.

VEON guruhining tarkibiga kiruvchi Beeline Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan forumda O‘zbekistonning 100 ga yaqin yirik kompaniyalari, banklari, davlat tashkilotlari va oliy o‘quv yurtlari vakillari ishtirok etdi. Ular qonunbuzarlik yoki ishonchsiz ta’minotchilarni tanlash bilan bog‘liq xavflar tufayli yuzaga keladigan obro‘ va moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish hamda ish joylarida suiiste’molliklarni bartaraf etish usullarini o‘rganishdi.

«Bu komplayensga bag‘ishlangan ikkinchi forum bo‘lib, mehmonlarning faolligidan mavzuning mamlakatimiz uchun qanchalik muhimligini ko‘rib turibmiz. Ko‘plab ishtirokchilar O‘zbekistonda komplayens yo‘nalishi jadal sur’atlar bilan rivojlanayotganini ta’kidladilar. Ayniqsa, forumda huquqiy me’yorlarga rioya qilish sohasidagi vazifalarni birgalikda muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan ilg‘or kompaniyalar va nazorat organlari tajribasi juda foydali», — dedi Beeline Uzbekistan etika va komplayens xizmati rahbari Alina Akchurina.

Forum ekspertlari xarid jarayonining asosiy bosqichlarini batafsil yoritib, u barcha ishtirokchilar uchun adolatli va maksimal darajada shaffof bo‘lishi kerakligini ta’kidlashdi. Shu tarzda, ta’minotchi oqilona tanlanadi, bu davlat tashkilotlari uchun ham, o‘z obro‘yini qadrlaydigan tijorat kompaniyalari uchun ham juda muhim. Beeline Uzbekistan vakillari aytishicha, ular VEON guruhiga kiruvchi AdTech, NTI va Beelab kabi barcha o‘zbek kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu O‘zbekiston Respublikasida biznes yuritishning axloqiy xalqaro standartlarini keng joriy etish imkonini beradi.

Forum ishtirokchilari boshqa xavf-xatarlarni ham muhokama qilishdi. Masalan, hamkorlarni yetarlicha puxta tanlamaslik tijoriy va boshqa turdagi qiymatga ega bo‘lgan ma’lumotlarning sizib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday muammolarni hal etishning usullaridan biri xarid jarayonida komplayens bo‘yicha mutaxassislarning ishtiroki va ular tomonidan «veto huquqi»dan foydalanish bo‘lishi mumkin.

Forumda VEON kompaniyasining xalqaro ekspertlari ishtirok etishdi. Tadbirni ochishda VEON guruhining ijrochi direktori Kaan Terzioglu ishtirokchilarni komplayens vositalaridan faolroq foydalanishga chaqirdi. So‘ngra etika va komplayens bo‘yicha direktor Gabriela Gutieres xalqaro mutaxassislar tajribasini taqdim etdi.

«Komplayens bo‘linmalari faqat xavf-xatarlarning oldini olish bilan cheklanib qolmaydi. Ular biznesga shubhasiz foyda keltiradi va natijada kompaniyaning kapitallashuvini oshiradi. Ishonchim komilki, ilg‘or tajribalar almashinuvi forum ishtirokchilarining faoliyati natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», — deya ta’kidladi Gabriela Gutieres.

Kompaniya haqida

«Unitel» MChJ 2006 yil 12 cyentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan brendi ostida xizmatlar ko‘rsatib keladi. Beeline Uzbekistan— bosh qarorgohi Amsterdamda (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. Top Employer 2024 sertifikatiga ega.

VEON — dunyoning jadal rivojlanayotgan oltita davlatida 160 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega telekommunikatsiya va internet xizmatlarining global provayderi hisoblanadi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistan’da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yilda O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan VEON shu davrgacha mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,4 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan. «Unitel» MChJ O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biri. Kompaniya O‘zbekistonda Beeline SB faoliyati ostida xizmat ko‘rsatib 2 milliard dollarga yaqin soliqlar to‘lagan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn@beeline-uzbekistan

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring