Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Belarus yuqori texnologiyalar parki rahbari Toshkentdagi «IT-Park» mehmoni bo‘ldi

Belarus yuqori texnologiyalar parki rahbari Toshkentdagi «IT-Park» mehmoni bo‘ldi

Foto: «it-park.uz»

Kecha, 10 sentyabr kuni Toshkentdagi «IT-Park» direktori Farhod Ibragimovning Belarus yuqori texnologiyalar parki (YTP) rahbari Vsevolod Yanchevskiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda «IT-Park» va YTPning yetakchi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Foto: «it-park.uz»

Uchrashuv davomida «IT-Park» va YTP o‘rtasidagi hamkorlikning potensial imkoniyatlari, ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun IT-sektorida venchur moliyalashtirish masalasini davlat darajasiga ko‘tarish ahamiyati, shuningdek, mamlakatlarning IT-salohiyatini oshirishda ta’limning roli muhokama qilindi.

Vsevolod Yanchevskiy Belarus Respublikasida IT-sohasini rivojlantirish tajribasi, xususan, YTP misolida muammolar va ularni hal qilish usullari bilan o‘rtoqlashdi. Tomonlar O‘zbekistonning AKT bozoriga qiziqishni oshirish zarurligi to‘g‘risida fikr almashdilar.

Foto: «it-park.uz»

Uchrashuv yakunida «IT-Park» va uning huquqiy hamkori bo‘lmish «Aleynikov i Partneri» YTP firmasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

«Aleynikov i Partneri» yuridik firmasi yuqori texnologiyalar parkida Belarus Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmoni loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha huquqiy maslahatchisi bo‘lib, u shuningdek, kriptovalyutalar, kripto birjalar, ICO, aqlli shartnomalar sohasini har tomonlama huquqiy tartibga solish ishlarini ham amalga oshiradi.

Foto: «it-park.uz»

Eslatib o‘tamiz, Belarus yuqori texnologiyalar parki 2005-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 563 ta kompaniya YTP rezidenti hisoblanadi. 2018-yilda YuTP rezidentlarining umumiy ishlab chiqarish hajmi 1,54 mlrd. dollarni tashkil etgan, ichki bozor uchun esa rezidentlar 143 mln. dollar miqdoridagi IT-g‘oyalarni ishlab chiqib, joriy qilishgan. Eksport hajmi – 1,41 milliard dollarni tashkil etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring