Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘olibga 300 million so‘m! Ucell va IT-Park yangi tanlov e’lon qildi!

G‘olibga 300 million so‘m! Ucell va IT-Park yangi tanlov e’lon qildi!

2019-yil 28-sentyabr kuni Toshkent shahrida mobil ilova yaratish bo‘yichaa Ucell va IT-Park tashkil etgan «Ucell mobile challenge 2019» tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi!

Ishtirokchilarga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:

  • mobil aloqa operatori uchun noyob loyihani (mobil ilova) ishlab chiqish;
  • loyihani uyali aloqa abonentlarining mobil raqamlari bilan bog‘lash;
  • loyihani daromad manbaiga aylantirish usulini topish.

Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha raqobatlashishadi:

  • Eng yaxshi savdo ilovasi: kafe va restoranlar; savdo vakillari uchun tizim; savdo maydonchasi.
  • Mamlakat mehmonlari va fuqarolari uchun eng yaxshi foydali ilova: turizm; taksi.
  • Fintex sohasidagi eng yaxshi dastur: skoring tizimi; kredit platformasi; pul mablag‘lari va moliyaviy boshqaruvni monitoring qilish va hisobga olish platformasi; neobank; smartfon orqali to‘lov.

Ilovaga qo‘yiladigan umumiy talablar:

  • Bir yoki bir nechta biznes muammolarini hal qiladi;
  • Boshqa tizimlar bilan oson birlashadi;
  • Tez joriy etilishi imkoniyati;
  • Ishga tushirish va ega bo‘lish uchun oqilona qiymatga ega;
  • Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan ishonchli;
  • Intuitiv tushunarli interfeys.

Tanlov g‘oliblari pul mukofoti bilan taqdirlanadilar:

– birinchi o‘rin – 300 mln. so‘m;

– ikkinchi o‘rin – 200 mln. so‘m;

– uchinchi o‘rin – 100 mln. so‘m.

Tanlovda qatnashishga va «Ucell mobile challenge 2019» dasturidan o‘z loyihangizni rivojlantirish uchun ko‘mak olishga shoshiling!

* Tanlov doirasida taqdim etilgan mahsulotlar Ucell kompaniyasining mulkiga aylanadi.

Tanlovda qatnashish uchun istalgan kishi 2019-yil 21-sentyabrgacha o‘z arizasini yuborishi va yirik miqdordagi pul mukofotini yutib olishi mumkin.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring