Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktab o‘quvchilari uchun Toshkent teleminorasiga sayohat tashkil etildi (foto)

Maktab o‘quvchilari uchun Toshkent teleminorasiga sayohat tashkil etildi (foto)

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Joriy yil 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda «Toshkent radioteleuzatish markazi» DUK hamkorligida Yunusobod tumani 96-umumta’lim maktabining 30 nafar o‘quvchisi hamda «Iftixor» MFY hududida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini Toshkent teleminorasiga sayohati tashkil etildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

O‘quvchilarga teleminora tarixi, zamonaviy raqamli teleradioeshittirish qurilmalari, kompyuter sinfxonalari haqida so‘zlab berildi va teleminoraning 110 metr balandlikdagi tomosha maydonchasi va restoraniga ekskursiya tashkil etildi.

«Ushbu tadbirdan ko‘zlangan bosh maqsad Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning uchinchisi – ya’ni aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish hamda yoshlarni yozgi dam olish vaqtlarini unumli va mazmunli o‘tkazilishini tashkillashtirishdan iborat», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring