Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Microsoft 60 ming xodimiga ixtiyoriy ishdan bo‘shashni taklif qildi

Microsoft 60 ming xodimiga ixtiyoriy ishdan bo‘shashni taklif qildi

Foto: linDEAL

Microsoft kompaniyasi 60 ming nafar xodimiga ixtiyoriy ravishda ishdan bo‘shashni taklif qildi.

Business Insider nashri kompaniya rahbariyatining ichki xatini asos qilib xabar berishicha, xodimlarning chorak qismidan ko‘prog‘iga o‘z xohishi bilan lavozimini tark etish taklif qilingan. Buning evaziga ularga qoplama pullari va keyinchalik ishga joylashishda yordam taklif etilmoqda.

Reuters xabarida aytilishicha, ixtiyoriy ravishda ishdan bo‘shash dasturi sun’iy intellektni rivojlantirish, Windows, Xbox bo‘linmalari mutaxassislarini, shuningdek, moliya va kadrlar bo‘limi xodimlarini qamrab oladi. Kompaniyadan bu taklifni olgan barcha xodimlarni majburiy ishdan bo‘shatish rejalashtirilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring