Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

Mobiuz mobil aloqa operatori Andijon, Farg‘ona, Namangan va Qo‘qon shaharlarida 5G tarmog‘ini ishga tushirganini e’lon qildi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi arafasida viloyat aholisi va mehmonlari uchun alohida sovg‘adir. U kompaniyaning nafaqat zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga, balki O‘zbekistonning kelajagini shakllantirishga intilishini ifodalaydi. Bu kelajakda texnologiyalar taraqqiyotning asosiga aylanib, millionlab odamlarning biznesi, ta’limi va muloqoti uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Raqamli ekotizim sari
Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 4 milliondan ziyod, Andijon viloyatida esa 3,3 milliondan, Namangan viloyatida 3 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Bunday aholi zich joylashgan hududlarda 5G tizimining ishga tushirilishi juda katta ahamiyatga ega: bu har bir kishi yuqori tezlikdagi internet imkoniyatlaridan foydalana oladigan yangi raqamli ekotizimni yaratish yo‘lidagi qadamdir.
Loyiha joriy yilning mart oyida boshlandi va Mobiuz tarmoqlarini modernizatsiya qilishning asosiy bosqichlaridan biriga aylandi. Olti oy ichida mutaxassislar jamoasi nafaqat ilg‘or uskunalarni o‘rnatdi, balki ularni foydalanuvchilarning haqiqiy ehtiyojlariga moslashtirdi ham. Bugun Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon aholisi yangi avlod - barqaror, tez va ishonchli aloqasidan foydalanmoqda.
5G imkoniyatlari
5G yangi imkoniyatlar ochmoqda: u katta yuklamalarda ham yuqori tezlikdagi internet, onlayn o‘yinlar va video qo‘ng‘iroqlarda minimal kechikishlarni ta’minlaydi, sifatli onlayn anjumanlar, raqamli biznes va onlayn ta’limni rivojlantirish imkonini beradi. Yangi avlod tarmog‘ining afzalliklaridan foydalanish uchun quyidagilar zarur:
- 5G ni qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonga ega bo‘lish;
- qurilma sozlamalarida 5G rejimini yoqish;
- Mobiuz mobil ilovasida 5G aloqasini faollashtirish (https://s.mobi.uz/asii) yoki *223*1# kombinatsiyasini terish.
"Texnologiyalar insonlarga xizmat qiladi"
Mobiuz bosh direktorining texnika va IT bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Abdurahmonov ta’kidlaydi:
"Kompaniyamiz tashabbuslari zamirida sifatli aloqa yangi g‘oyalarni tug‘diradi va odamlarni birlashtiradi, degan ishonch yotadi. Farg‘ona vodiysida 5G ning ishga tushirilishi shunchaki yangi tezlik darajasi emas, balki millionlab aholi o‘z salohiyatini namoyon eta oladigan kelajak sari qo‘yilgan qadamdir. Biz uchun texnologiyalar odamlarga xizmat qilishi, ularning rivojlanishiga ko‘maklashishi va yangi yutuqlarga ilhomlantirishi muhimdir."
Mobiuz beshinchi avlod tarmog‘i qamrovini (https://company.mobi.uz/ru/zones/) kengaytirishda davom etadi. Kompaniya odamlarni birlashtirish, har bir insonning imkoniyatlarini kuchaytirish va raqamli O‘zbekiston kelajagiga hissa qo‘shishni strategik vazifa deb biladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter