Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda uchuvchi avtomobillar: 300 ta Switchblade sotish bo‘yicha kelishuv imzolandi

O‘zbekistonda uchuvchi avtomobillar: 300 ta Switchblade sotish bo‘yicha kelishuv imzolandi

AQShning Samson Sky kompaniyasi rahbari Sem Bousfild O‘zbekistonning AIR Tashkent kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjatga ko‘ra, Switchblade nomli uchuvchi avtomobilni Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston bozoriga olib kirish rejalashtirilmoqda. 

Kelishuv AIR Tashkent’ning Easy to Fly Academy aviatsiya akademiyasi ochilish marosimida imzolangan. Akademiya yangi avlod aviatsiya mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashadi.

Memorandumga ko‘ra, AIR Tashkent O‘zbekistonda kamida 300 ta Switchblade uchuvchi avtomobilini sotishga ko‘maklashadi. Loyihaning umumiy qiymati 60 million dollardan ortiq deb baholanmoqda.

AIR Tashkent ushbu avtomobillarning bir qismini uchuvchilarni tayyorlash va xususiy yoki tijorat parvozlari uchun xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Samson Sky kompaniyasi esa uchuvchilarni uchish simulyatorlari orqali tayyorlashga ko‘maklashadi hamda texnik mutaxassislar uchun mexaniklar tayyorlash dasturini yo‘lga qo‘yadi. Shuningdek, Switchblade’ni O‘zbekistonda yo‘lda harakatlanish va parvoz qilish uchun sertifikatlash bo‘yicha hukumat bilan hamkorlik qiladi.

Xabarda aytilishicha, Samson Sky elchisi va sobiq uchuvchi Anna V. Grebenщikova ikki kompaniyani hamkorlikka olib kelgan asosiy shaxs bo‘lgan.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda xususiy aviatsiyani rivojlantirish g‘oyasi 2024 yilda paydo bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Switchblade — gibrid elektr dvigateliga ega uchuvchi avtomobil bo‘lib, u 97 km/soat tezlikka 5 soniyada chiqadi, yerdagi maksimal tezligi esa 201 km/soat. Havodagi kreyser tezligi 257 km/soat va bir bak yoqilg‘i bilan 805 km.gacha parvoz qila oladi.

Avtomobil oddiy garajga sig‘adi, yo‘l orqali aeroportga borib, 3 daqiqa ichida uchish rejimiga o‘tadi.

Switchblade birinchi marta 2023 yil noyabrida AQShda sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirgan va hozir ishlab chiqarish bosqichiga tayyorlanmoqda.

AIR Tashkent rahbariyatiga ko‘ra, ushbu hamkorlik umumiy aviatsiya sohasida yangi texnologik bosqichga olib chiqishi va AQSh hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi texnologik aloqalarni mustahkamlashi mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring