Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi cheklangani masalasi ko‘tarildi

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi cheklangani masalasi ko‘tarildi

Bugun, 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov hamda administratsiya sho‘’ba rahbari Saida Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ko‘plab loyihalar yuzasidan fikr almashilgan. Xususan, Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va bu orqali axborot sohasiga oid ayrim muammolarni birgalikda hal etish masalalari muhokama qilingan.

«Ko‘plab blogerlarimizdan YouTube monetizatsiyasining cheklanishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan edi. Shu bois uchrashuvda elchi janoblari bilan ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni o‘rganish bo‘yicha kelishib oldik», deydi Komil Allamjonov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring