Putin o‘zbekistonlik o‘quvchi qizlar ishlanmasiga baho berdi (video)

Joriy yilning 10-12 noyabr kunlari Rossiyada Sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn konferensiya doirasida o‘tkazilgan Artificial Intelligence Journey tanlovining Data Lady nominatsiyasida O‘zbekistondan qatnashgan o‘quvchi qizlar g‘olib bo‘ldi.
Sun’iy intellekt sohasidagi yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirok etgan mazkur Konferensiya Rossiyada Fan va texnologiyalar yilining asosiy tadbirlaridan biri sanaladi.
Kuni kecha Rossiya Federatsiyasi prezidenti ushbu tanlovda g‘alaba qozongan o‘zbekistonlik o‘quvchi qizlar bilan uchrashib, ularning Data Lady nominatsiyasida ishlanmalari bilan tanishib, unga o‘z bahosini berdi.
Quyidagi lavhada mazkur jaryonni ko‘rishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter