Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi Amiti universitetida xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkentdagi Amiti universitetida xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun 26-avgust kuni Toshkent shahridagi Amiti universitetida jahondagi AKT sohasida yetakchi xalqaro ekspertlaridan biri, NASA kompaniyasining yuqori malakali dasturchilari rahbari Maykl Gerard Xinchi bilan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Amiti universiteti tomonidan tashkil qilingan ushbu seminarda olimlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Ushbu seminar «Xalqaro professor-o‘qituvchilar muhokamalari forumi» turkum dasturlarining birinchisidir. Uning asosiy maqsadi Respublikamizdagi olimlar faoliyatni rag‘batlantirish va ularni dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan mutaxassis olimlari bilan samarali muloqotni tashkil etishdan iborat. Shu bilan birga, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini yanada yaxshilashga ko‘maklashishdir.

Ma’lumot uchun:

Maykl Gerard Xinchi – Irlandiya dasturiy muhandislik tadqiqot markazining direktori. U qator yetakchi xalqaro ilmiy tashkilotlar tomonidan qator mukofotlarga sazovor bo‘ldi:

NASA dasturiy ta’minotni ta’minlash tadqiqotiga qo‘shgan hissasi uchun 2012-yilgi NASA mukofoti

NASA Kerley mukofoti 2009 — Yil tadqiqotchisi

Tribal kollejida elektrotexnika bo‘yicha birinchi 4 yillik kollej darajasini olgani uchun NASA faxriy mukofoti 2008

Buyuk Britaniyaning Yetuk matematik mukofoti

Buyuk Britaniyaning Yetuk muhandis mukofoti

Buyuk Britaniyaning Yetuk professional muhandis mukofoti

Buyuk Britaniyaning Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis mukofoti

Avstraliya muhandislar instituti, ilmiy xodim faxriy unvoni

Buyuk Britaniya kompyuter jamiyati, ilmiy xodim faxriy unvoni

Elektrotexnika va elektronika muhandislari instituti, katta a’zosi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring