Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turk kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda IT-xavfsizlik bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi

Turk kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda IT-xavfsizlik bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi

Foto: «muic.uz»

«BePro IT Academy» kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan «Barikat» yetakchi turk kompaniyasi bilan sheriklik to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Hujjat yaqin vaqt ichida poytaxt o‘quv markazi bazasida IT-xavfsizlik bo‘yicha sertifikatsiyalangan kurslarni tashkil etish va o‘tkazishni nazarda tutadi.

«Barikat» kompaniyasi 2008-yilda tashkil etilgan. Kompaniya shtatida yuzdan ortiq texnik ekspertlar mavjud bo‘lib, ular butun dunyodagi 300 mijozga IT-xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat beradilar, o‘qitadilar va texnologik xizmatlar ko‘rsatadilar. Mijozlar sirasida vazirliklar, armiya, harbiy-havo kuchlari, banklar, sug‘urta, sanoat, energetika, tibbiyot kompaniyalari va boshqalar mavjud. 2016-yil yakunlariga ko‘ra, «Barikat» Turkiyaning yirik IT-kompaniyalari 500taligida 46-o‘rinni egallagan.

— O‘ta kuchli raqobat sharoitida konfedensial axborotni himoya qilish IT-mutaxassislarning asosiy vazifasiga aylandi, — deydi «BePro IT Academy» direktori Sabina Ermatova. — Har qanday korxona axborot xavfsizligini yuqori darajada ushlab turish nechog‘li ahamiyatli ekanligini tushungan holda, biz Turkiyaning to‘liq kiberxavfsizlik masalalariga ixtisoslashgan «Barikat» kompaniyasi bilan sheriklik kelishuvini tuzdik. Yaqin vaqtlarda o‘quv markazi bazasida kurslar ochiladi va ularda ekspertlar tinglovchilarga IT-xavfsizlik sohasidagi bilimlari va amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

Sertifikatlangan kurslar kiberxavfsizlik sohasidagi yangi kompleks yechimlarni ishlab chiqish va ta’minlash borasidagi mavzular va yondashuvlarni keng qamrab oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring