Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirliklarning ochiqlik reytingi tuzildi

Vazirliklarning ochiqlik reytingi tuzildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu reytingda 2-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining milliy OAVlardagi mediafaolligi bo‘yicha reytingi tuzildi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning 31 dekabr holatiga ko‘ra tuzilgan mazkur reyting O‘zbekistonda yetakchi hisoblangan 50 ta OAVda e’lon qilingan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tahliliga asoslandi. Yakuniy reyting O‘zbekiston Respublikasidagi 30 ta vazirlik va davlat qo‘mitalarining faoliyatini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

Reyting ko‘rsatkichlari davlat idoralari matbuot xizmatlari va mansabdor shaxslarining keng jamoatchilik e’tiborini tortgan faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni milliy ommaviy axborot vositalarida yoritishda faollik darajasini aks ettirishini nazarda tutadi.

Yakuniy ko‘rsatkichlarni tuzishda u yoki bu vazirlik faoliyati to‘g‘risida e’lon qilingan original materiallar, e’lon qilingan axborotning auditoriyasi, turi, tonalligi (salbiy, neytral yoki salbiy), axborotga nisbatan izohlar soni, ko‘rishlar soni va boshqalar inobatga olingan.

Vazirlik va qo‘mitalar

Axborot ochiqligi indeksi

1.   

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

12 123

2.   

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11 215

3.   

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi

11 201

4.   

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

10 214

5.   

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

8 549

6.   

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

8 491

7.   

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

8 419

8.   

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

8 196

9.   

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

8 192

10.                     

O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi

7 112

11.                     

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

7 086

12.                     

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

6 980

13.                     

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

6 834

14.                     

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

6 547

15.                     

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

6 485

16.                     

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

6 276

17.                     

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

6 182

18.                     

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

6 104

19.                     

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

5 983

20.                     

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

5 974

21.                     

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi

5 945

22.                     

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

5 804

23.                     

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

5 754

24.                     

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

5 737

25.                     

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

5 674

26.                     

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

5 552

27.                     

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

5 489

28.                     

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

5 447

29.                     

O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

5 442

30.                     

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

5 270

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 yanvardan bir qator vazirliklar birlashtirilib, ayrimlarining nomlanishi o‘zgardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring