Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

"Bir ovoz uchun bir million dollar" — Tramp Grenlandiyani qo‘lga kiritish yo‘lini topdi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Grenlandiya aholisini moliyaviy rag‘batlantirish orqali orolni AQSh tarkibiga qo‘shish g‘oyasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, agar grenlandiyaliklar AQShga qo‘shilish uchun ovoz bersa, orolda yashovchi har bir fuqaroga 1 million dollardan to‘lash taklifi ko‘rib chiqilmoqda. Grenlandiya aholisi hozirda taxminan 57 ming kishini tashkil etadi. Ushbu g‘oya hozircha muhokama bosqichida. Demak, orolni 57 mlrd dollarga sotib olish mumkin.

Nashrga ko‘ra, Tramp bu qadamni Grenlandiya aholisi orasida qo‘llab-quvvatlovni ta’minlash vositasi sifatida baholamoqda.

AQSh prezidenti avvalroq Grenlandiya masalasida qarshi pozitsiya bildirgan Yevropa davlatlari — Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Finlyandiyaga nisbatan 10 foizlik boj joriy etmasligini ma’lum qilgandi. Bu qaror NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp Grenlandiyani AQSh tarkibiga qo‘shish tarafdori bo‘lib kelmoqda. Ilgari u bu maqsadga erishish uchun turli variantlar, jumladan orolni sotib olish yoki harbiy yo‘lni ham istisno etmagan edi. Biroq 21 yanvar kuni u Davos forumida chiqish qilib, Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatish uchun harbiy kuch ishlatmasligini va’da qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring