Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yuk poyezdi yosh qizchani urib ketdi

Andijonda yuk poyezdi yosh qizchani urib ketdi

Foto:«Sputnik»

11 fevral kuni Andijon viloyati Izboskan tumanida yosh qizchani yuk poyezdi urib ketgan. «Zed News» kanali manbasiga ko‘ra, bergan xabarga ko‘ra, qizchaning ahvoli og‘ir.

«Bu tumandan o‘tgan temir yo‘lning atrofida xavfsizlik choralari ko‘rilmagan. Atrofida xonadonlar va hatto bozorlar joylashgan. Aqalli 4 ta qoziq qoqib, to‘rsim bilan o‘rab ham qo‘yilmagan»- deyiladi xabarda.

Hududda poyezd bilan bog‘liq fojialar ko‘p kuzatiladi. Masalan, 2018 yilda ham bir bolakayni bosib o‘tib ketgandi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ esa shuncha qurbon va baxtsiz hodisalar bo‘lishiga qaramay, temir yo‘l atrofini xavfsizlantirish haqida o‘ylamagan. Aslida aholi yashash joyida odamlar xavfsizligi ta’minlangandagina temir yo‘l qurilishi kerak.

Balki hukumat ham temir yo‘l qurbonlariga boshqatdan yana bir bor e’tibor qaratar. Yoki buni ham davlat rahbari alohida ta’kidlab aytishi shartmikan?»-, deydi xabar muallifi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring