Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondan chiqib ketishga ulgurmagan xorijliklarning viza muddati uzaytirildi

O‘zbekistondan chiqib ketishga ulgurmagan xorijliklarning viza muddati uzaytirildi

Foto: uzbektourism

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi mamlakatimizdagi xorijlik fuqarolarga murojaat qildi.

O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha cheklov choralari munosabati bilan Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda bo‘lgan va ketishga ulgurmagan xorijiy fuqarolarga ilgari berilgan vizalarining amal qilish muddatini avtomatik tarzda 2020-yil 10-aprelgacha uzaytirish haqida qaror qabul qildi. Shuningdek, mamlakatimizga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolarga 2020-yil 10 aprelgacha bo‘lishga ruxsat beriladi.

Shunga muvofiq, ushbu toifadagi chet el fuqarolariga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring