Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston xalqiga murojaat qildi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston xalqiga murojaat qildi

Foto: akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bo‘lajak referendum munosabati bilan murojaat qildi, deb xabar berdi Zakon.kz.

«Mamlakatimiz tarixida ilk bor Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar umumxalq referendumi orqali kiritiladi.

Referendum o‘tkazish Qozog‘istonda rivojlangan demokratik jamiyat qurish yo‘lidagi muhim qadamdir. Bir oy davomida mamlakatimizda konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlar loyihasi bo‘yicha qizg‘in muhokamalar bo‘ldi. Konstitutsiyaviy islohot jamiyatda keng rezonansga sabab bo‘ldi», dedi Qosim-Jo‘mart To‘qayev.

O‘zgartishlar prezidentning imtiyoz va vakolatlarini oshirishga emas, balki hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va muvozanat tizimini mustahkamlashga, barcha fuqarolarning manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgani ta’kidlandi.

«Referendum o‘tkazuvchi Markaziy komissiya va boshqa vakolatli davlat organlari saylov qonunchiligining barcha normalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi. Ovoz berish jarayonini xalqaro kuzatuvchilar, mamlakatimiz jamoat birlashmalari vakillari kuzatib boradi. Saylov uchastkasida bergan ovozingiz jamiyat hayotining yangi halol va tushunarli qoidalarini belgilashda muhim va ehtimol, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Saylov uchastkasiga kelishingiz bilan siz xalqimizning yuksak darajadagi birdamligi va hamjihatligini namoyish etasiz», dedi Qozog‘iston prezidentdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident To‘qayev referendumda «vakolat muddati uzaytirilishi» masalasiga oydinlik kiritgandi.

Ma’lumot uchun, 5 iyunda Qozog‘istonda mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritishga doir referendum bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring