Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda yana portlash sodir bo‘ldi

Afg‘onistonda yana portlash sodir bo‘ldi

Foto: «Euronews»

Afg‘oniston g‘arbidagi Jalolobod shahrida ketma-ket portlash sodir bo‘ldi, deya xabar beradi «Euronews».

Politsiya bo‘limi va tibbiyot kollejiga uyushtirilgan hujumdan so‘ng harbiylar va jangarilar o‘rtasida qurolli to‘qnashuv kelib chiqqan.

Bu qo‘poruvchilik kim tomonidan amalga oshirilgani ma’lum emas.

«Tez yordam» mashinalari voqea joyiga yetib kelgan.

So‘nggi paytlarda ushbu shaharda ko‘plab qo‘poruvchilik sodir bo‘lyapti. Buning boisi ushbu hududni IShID jangarilari makon tutgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring