Airbus Boeingni ortda qoldirdi
Fransiyaning Airbus kompaniyasi ishlab chiqarayotgan A320 samolyoti dunyodagi eng ommaviy yo‘lovchi layneriga aylandi. Bu haqda Cirium tahliliy kompaniyasiga asoslanib Reuters xabar berdi.
Tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, 1988-yildan beri foydalanib kelinayotgan A320 oilasiga mansub samolyotlarning umumiy soni 12 260 taga yetdi. Shu tariqa Airbus bir necha o‘n yillar davomida yetakchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan Boeing 737ni ilk bor ortda qoldirdi.
Airbus dunyodagi yetakchi aviakosmik konsernlar qatoriga kiradi. Uning tarkibiga Airbus SAS (yo‘lovchi samolyotlari), Airbus Defence and Space (harbiy-kosmik yo‘nalish) va Airbus Helicopters (vertolyotlar) bo‘linmalari kiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter