Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angola sobiq prezidenti va eng boy afrikalik ayolning otasi vafot etdi

Angola sobiq prezidenti va eng boy afrikalik ayolning otasi vafot etdi

Xose Eduardo dos Santos.

Angola sobiq prezidenti Xose Eduardo dos Santos 79 yoshida vafot etdi. Dos Santos 38 yil davomida mamlakatni boshqargan.

1960 yillarda u Ozarbayjon neft va kimyo institutida tahsil olgan, birinchi rafiqasi rossiyalik Tatyana Kukanova edi. Ularning Izabel dos Santos ismli qizi bor.

Qayd etilishicha, siyosatchi iyun oyi oxiridagi yurak xurujidan so‘ng Ispaniyadagi Teknon tibbiyot markazining reanimatsiya bo‘limida bir necha kun sun’iy komada bo‘lgan.

Angola Respublikasi Prezidiumi Santosning o‘limi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

Izabel Afrikadagi eng badavlat ayol bo‘lib, Rossiya fuqaroligiga ham ega. Izabel dos Santosning boyliklari haqida ushbu maqolada o‘qishingiz mumkin. 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring