Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Ukrainaning jiddiy muvaffaqiyatini kutmayapti — Washington Post

AQSh Ukrainaning jiddiy muvaffaqiyatini kutmayapti — Washington Post

O‘tgan yilgi qarshi hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Jo Bayden ma’muriyati yangi strategiyani ishlab chiqmoqda, bu esa diqqatni hududlarni zabt etishdan ko‘ra, Kiyevga Rossiyaning yangi hujumlariga qarshi turishda yordam berish va Ukrainaning mudofaa qobiliyati va iqtisodiyotini mustahkamlash bo‘yicha uzoq muddatli maqsad sari o‘tishga qaratilgan. Bu haqda Washington Post  maqola e’lon qildi.

Yangi reja o‘tgan yilgidan tubdan farq qiladi, deb yozadi gazeta. O‘tgan yili AQSh va uning ittifoqchilari Kiyevga zamonaviy qurollar yuborib, Ukrainaning sharqi va janubini bosib olgan Rossiya qo‘shinlarini tezda siqib chiqarishga yordam berishni maqsad qilishgandi. Biroq Rossiya qattiq mudofaasi tufayli urinishlar besamar ketgan.

«Endigi g‘oya Ukrainaga jang maydonida o‘z pozitsiyasini saqlab qolish imkoniyatini berish va 2024 yil oxiriga qadar mudofaani barqarorroq yo‘lga qo‘yish», deya anonimlik sharti bilan suhbatdoshining so‘zlarini keltiradi nashr.

Katta ehtimol bilan, agar qarshi hujum takrorlansa, xuddi shunday natija paydo bo‘ladi, bu Vladimir Putinning kuchining namoyishi bo‘ladi, deya xabar beradi nashr.

Shu bois ittifoqchilar uzoq muddatli rejalar ishlab chiqmoqda. Xususan, o‘tgan hafta Britaniya bosh vazir Rishi Sunak va prezident Vladimir Zelenskiy tomonidan imzolangan 10 yillik shartnomani e’lon qildi. Endi Fransiya prezidentining Ukrainaga tashrifi kutilmoqda.

Ammo bu strategiyaning muvaffaqiyati eng yirik donor (pul va asbob-uskunalar bo‘yicha) hisoblarngan Qo‘shma Shtatlarga bog‘liq. Bayden ma’muriyati shu yilning bahorida o‘zining 10 yillik majburiyatini e’lon qilmoqchi. Biroq Ukraina uchun 61 milliard dollar qo‘shimcha moliyalashtirish so‘rovi hali Kongress tomonidan ma’qullanmagan.

Zelenskiy Ukraina hujumni davom ettirayotganini ta’kidlamoqda. 2024 yil uchun rejalar «faqat mudofaa bilan bog‘liq emas», dedi u so‘nggi videomurojaatida. Ammo yaqinda u bilan yakkama-yakka uchrashgan amerikalik siyosatchilarning aytishicha, hatto Zelenskiy ham 2024 yilda AQSh yordami bo‘lmasa, uning harakatlari samarali kechishiga shubha qiladi, deydi Washington Post .

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring