Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Falastin prezidentiga BMT Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun viza berishdan bosh tortdi

AQSh Falastin prezidentiga BMT Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun viza berishdan bosh tortdi

Foto: UN News

AQSh Falastin prezidenti Mahmud Abbosga kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasida qatnashish uchun zarur bo‘lgan vizani berishdan bosh tortdi.

The Times of Israel xabar berishicha, Mahmud Abbos ketma-ket ikkinchi yil BMT Bosh assambleyasidagi nutqini videokonferensiya orqali yo‘llashiga to‘g‘ri keladi.

Prezidentdan tashqari, BMT Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun AQShga borishni rejalashtirgan boshqa falastinlik rasmiylarga ham viza berilmagan.

Falastinlik rasmiylardan biri unga viza berishdan bosh tortilishiga AQSh qonunchiligidagi 212(a)(3)(B) moddasi sabab bo‘lganini ma’lum qilgan. Ushbu norma «qachondir terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullangan yoki terrorchilik tashkiloti bilan aloqador bo‘lgan» shaxslarga viza berishni taqiqlaydi.

Biroq Abbosning viza arizasini rad etishda aynan ushbu modda asos qilib ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmaganiga aniqlik kiritilmagan.

Mahmud Abbos kelasi hafta Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasida o‘tgan yilgi kabi videomuloqot orqali nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring