Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh G‘azo bo‘yicha rezolyusiya loyihasiga oltinchi marta veto qo‘ydi

AQSh G‘azo bo‘yicha rezolyusiya loyihasiga oltinchi marta veto qo‘ydi

Foto: AFP/Getty Images (arxiv)

AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va insonparvarlik yordami yetkazib berishga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanishi talab qilingan BMT Xavfsizlik kengashi rezolyusiyasi loyihasiga oltinchi marta ham veto qo‘ydi.

Xavfsizlik kengashining yig‘ilishida faqat AQSh qarshi ovoz berdi, qolgan 14 a’zo, jumladan, doimiy a’zolar (Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya va Fransiya) hujjatni qo‘llab-quvvatladi.

Rezolyusiyani Xavfsizlik kengashining o‘n nafar vaqtincha a’zosi tayyorlagan, ular avvalroq G‘azodagi mojaroni to‘xtatishga uringan edi.

Rezolyusiya loyihasida G‘azoda o‘t ochishni «zudlik bilan, so‘zsiz va doimiy» to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish talablari bor edi.

Shuningdek, hujjatda Isroil rasmiylari insonparvarlik yordami yetkazib berishga qo‘yilgan barcha cheklovlarni olib tashlashga chaqirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring