Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh hukumati O‘zbekiston va Tojikistonga 50 taga yaqin harbiy uchoqlar berishni o‘ylayapti – OAV

AQSh hukumati O‘zbekiston va Tojikistonga 50 taga yaqin harbiy uchoqlar berishni o‘ylayapti – OAV

AQSh hukumati chegara xavfsizligini ta’minlash va terrorizmga qarshi kurashish maqsadilari uchun O‘zbekiston va Tojikistonga elliktaga yaqin harbiy samolyot va vertolyot berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Politico nashri xabar bermoqda.

Nashrning ta’kidicha, mazkur uchoqlar o‘tgan yili Tolibonning hokimiyatga kelishi ortidan afg‘onistonlik harbiylar olib qochgan harbiy samolyot va vertolyotlarning bir qismi bo‘lib, Qo‘shma Shtatlar hozirda ularni O‘zbekiston va Tojikistonda qoldirish haqida bosh qotirmoqda.

«Rejaga ko‘ra, maqsad O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlarini «xavfsizlik bo‘yicha munosabatlarni chuqurlashtirish» doirasida chegaralar va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha norasmiy kelishuv evaziga bir qancha harbiy samolyot va vertolyotlar bilan ta’minlashdir», – deydi nashr nomi oshkor etilmagan amaldorga tayanib.

Ayni paytdagi vaziyatda esa Tolibon o‘z qo‘shnilaridan o‘tgan yilning avgustida qochib o‘tgan harbiy uchoqlarni qaytarishni talab qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring