Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh "Tolibon" vakillari bilan muzokara o‘tkazdi. Nega?

AQSh

Foto: DW.

AQSh Afg‘onistonda 2021yildan beri hokimiyat tepasida turgan "Tolibon" harakati bilan amerikalik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib bordi, deb xabar bermoqda Reuters

Amerika tomonidan prezidentning garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha maxsus vakili Adam Beyler va Afg‘oniston bo‘yicha sobiq maxsus elchi Zalmay Halilzod ishtirok etdi. Afg‘oniston tomonidan tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy ishtirok etdi. 

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi har ikki tomon “ayniqsa, bir-birining davlatlarida saqlanayotgan fuqarolar bo‘yicha” muzokaralarni davom ettirishini aytdi. Oq uy va AQSh Davlat departamenti hozircha hech qanday izoh bermagan. 

Reuters manbasining aytishicha, AQSh rasmiylari Tolibonning inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlarini bajarish sur’atlardan norozi. Oq Uyning fikricha, bu foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv istiqbollariga rahna soladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring