Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh «yadroviy tahdid»ga qodir davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi

AQSh «yadroviy tahdid»ga qodir davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi

AQSh Rossiya, Xitoy, Eron, Shimoliy Koreya va Pokistonni Qo‘shma Shtatlarga yadroviy qurol bilan hujum qilishga qodir davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu ma’lumot AQSh hukumati razvedka hamjamiyatining yillik hisobotida keltirilgan

«Xitoy, Rossiya, Shimoliy Koreya, Eron va Pokiston yadroviy va an’anaviy jangovar kallaklarga ega bo‘lgan bir qator yangi, ilg‘or yoki an’anaviy raketa yetkazib berish tizimlarini tadqiq qilmoqda va ishlab chiqmoqda», deyiladi hisobotda. Razvedka hamjamiyati 2035 yilga kelib AQShga 16 000 dan ortiq raketalar tahdid solishini bashorat qilmoqda, bu esa hozirgi 3000 dan ortiq raketa darajasiga nisbatan yuqori. 

Shimoliy Koreya butun AQSh hududiga zarba berishga qodir qit’alararo ballistik raketalarni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Hujjatda shuningdek, Xitoy, Eron, Shimoliy Koreya, Pokiston va Rossiya «Qo‘shma Shtatlarga tahdid solishga qodir ilg‘or raketalarga ustuvor ahamiyat berishda» davom etishi aytilgan. 

Razvedka hamjamiyati, o‘z navbatida, Rossiyani «Arktikadagi asosiy muammo» deb atadi. Hujjatda Rossiya kuchlar muvozanati uchun kengroq global raqobatning bir qismi sifatida mintaqadagi manfaatlarini ilgari surishga intilayotgani aytilgan.«Moskva dengiz savdosini ko‘paytirish, tabiiy resurslarni qazib olish va harbiy faoliyat orqali Arktikadagi mavjudligini kengaytirish va chuqurlashtirishga intiladi», deb ta’kidladi razvedka hamjamiyati.

Hisobotga ko‘ra, Xitoy Arktikada o‘zining strategik va iqtisodiy manfaatlarini, birinchi navbatda Rossiya bilan munosabatlar orqali ilgari surish uchun cheklanganroq sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. 

AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun Grenlandiyaga muhtojligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, aks holda orol Rossiya yoki Xitoy tomonidan nazorat qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring