AQShga qonuniy yo‘l bilan kirishiga imkon beruvchi dasturlardan biri yopildi

Donald Tramp prezidentlikka kirishish uchun qilgan qasamyodidan so‘ng darhol mehnat muhojirlariga AQShga qonuniy yo‘l bilan kirish va ishlash uchun ruxsatnoma olish imkonini beruvchi CBP One chegara o‘tish dasturini yopishni buyurdi.
Shu kunga qadar ilovadan million kishi foydalangan.
20 yanvar, dushanba kuni Qo‘shma shtatlar Bojxona va chegara xizmati veb-saytida ilova foydalanuvchilariga uning endi ishlamayotgani va sakkizta nazorat-o‘tkazish punktida kirish uchun barcha ro‘yxatga olishlar bekor qilingani haqida xabar e’lon qilindi.
«Men janubiy chegaramizda favqulodda holat e’lon qilaman. Har qanday noqonuniy chegarani kesib o‘tish darhol to‘xtatiladi va biz millionlab xorijlik jinoyatchilarni o‘z mamlakatlariga qaytarishni boshlaymiz», – degan edi Donald Tramp.
Tramp Qo‘shma Shtatlarga migratsiyani cheklash uchun yanada ko‘proq choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda. Ular orasida «mamlakatga halokatli bosqinni qaytarish» uchun janubiy chegaraga askarlar jo‘natish ham bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter