Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShni tark etayotganlar soni kelayotganlardan oshib ketdi

AQShni tark etayotganlar soni kelayotganlardan oshib ketdi

Illyustrativ foto

2025-yil yakunlariga ko‘ra, AQShni tark etganlar soni mamlakatga ko‘chib kelganlarga qaraganda 150 ming kishiga ko‘p bo‘ldi, deb xabar berdi The Wall Street Journal (WSJ) nashri.

Bunday ko‘rsatkich so‘nggi marta «Buyuk depressiya» (1929–1939-yillar) davrida kuzatilgan edi.

AQSh ma’muriyati aholining chetga oqimini noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash choralari bilan izohlamoqda. Biroq, statistik ma’lumotlar ko‘rsatishicha, mamlakatni nafaqat migrantlar, balki xavfsizroq davlatlarda yashashni afzal ko‘rayotgan AQSh fuqarolarining o‘zlari ham faol ravishda tark etmoqda.

Xususan, Yevropa Ittifoqining deyarli barcha davlatlarida yashash va ishlash uchun ko‘chib kelgan amerikaliklar soni rekord darajaga yetgan. Mamlakatdan chiqib ketgan fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, «yangi Amerika orzusi — endi AQShda yashamaslikdan iborat».

Mutaxassislarning fikricha, bu tendensiya iqtisodiy nobarqarorlik, ichki siyosiy ziddiyatlar va xavfsizlik darajasining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring