Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShning davlat qarzi rekord ko‘rsatkichga chiqdi

AQShning davlat qarzi rekord ko‘rsatkichga chiqdi

Foto: Reuters

AQShning davlat qarzi tarixda birinchi marta $35 trillionlik dovondan oshdi. Mamlakat moliya vazirligi e’lon qilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqda.

Qo‘shma Shtatlarning davlat qarzi yil boshida $34 trilliondan yuqorilagandi. AQSh kongressining budjet boshqarmasi prognoziga ko‘ra, 2034-yilga borib mamlakatning davlat qarzi 50 trln dollardan oshadi, ya’ni AQSh yalpi ichki mahsulotining 122 foizidan ko‘proqni tashkil qiladi.

12-iyul sanasida jahon mamlakatlarining jami davlat qarzi ko‘rsatkichi 100 trln dollarlik cho‘qqiga ko‘tarilgani va global iqtisodiyotiga nisbatan tezroq sur’atlarda o‘sib borayotgani haqida xabar berilgandi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining aloqalar bo‘yicha direktori Juli Kozak ta’kidlashicha, AQShning so‘nggi yillarda xatti-harakatlari oqibatida mamlakat budjeti taqchilligi juda yuqorilashib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring