Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bashar Asad Moskvada yaxshi o‘rnashib oldi — OAV

Bashar Asad Moskvada yaxshi o‘rnashib oldi — OAV

Illyustrativ foto

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad Moskvada yaxshi joylashib olib, xotirjam hayot kechirmoqda.

Asadning Moskva yaqinida koshonasi va «Moskva-Siti»da yigirmaga yaqin kvartirasi bor. U Suriyadan o‘zi bilan olib qochgan 250 million dollarning katta qismini ko‘chmas mulkka tikkan. Rossiya hukumati yollagan xususiy qo‘riqchilar Asad va oilasining osoyishtaligiga ko‘z-quloq bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oxirlarida Damashq sudi Bashar Asadni hibsga olish uchun order bergandi. Sobiq prezident 2011-yildagi Darayya voqealari bosh aybdori sifatida ko‘rilmoqda. Hibsga olish orderi qasddan odam o‘ldirish, o‘limga olib kelgan qiynoqlar va ozodlikdan mahrum qilish bo‘yicha ayblovlarni o‘z ichiga olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring