Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bayden Putinni «harbiy jinoyatchi» deb atadi

Bayden Putinni «harbiy jinoyatchi» deb atadi

Foto: «Global Look Press»

Amerika prezidenti Jo Bayden Rossiya rahbari Vladimir Putin haqida keskin bayonot berdi.

U chorshanba kuni Oq uyda Vashingtonning Kiyevga harbiy yordami haqida qisqacha nutq so‘zlab, Rossiya Federatsiyasi prezidentini  «harbiy jinoyatchi» deb atadi. Bayden Qo‘shma Shtatlar Ukraina iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy yordam qilishiga va’da berdi.

AQSh shu haftada Ukrainaga bir milliard dollarlik mudofaa yordamini o‘tkazadi, uning tarkibiga 800 ta havo mudofaa tizimi va to‘qqiz ming tankga qarshi tizim, uchuvchisiz samolyotlar, yetti ming o‘qotar qurol, 20 million o‘q-dori kiradi, deydi Amerika rahbari.

U ukrainaliklarning pozitsiyasini mustahkamlagan holda Putinga bosimni davom ettirishga va uni global sahnada izolyasiya qilishga va’da berdi. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Vashington Ukraina ittifoqchilari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring