Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bittasi ikkita tuxum o‘rnini bosuvchi pomidor yaratildi

Bittasi ikkita tuxum o‘rnini bosuvchi pomidor yaratildi

Foto: «Adobe Stock»

Britaniya olimlari har bir donasi 2 dona tuxum yoki 28 gramm tunets balig‘idagi miqdordagi D vitaminiga ega genetik modifikatsiyalangan pomidor navini yaratishdi. Bu haqda «The Guardian» xabar berdi.

Olimlar pomidor o‘simliklarida D3 provitaminini xolesteringa aylantiruvchi ferment mavjudligini aniqlashdi. Uni o‘zgartirib, D3 provitamini o‘simlikning mevasi va barglarida to‘planishiga erishildi.

Nashr yozishicha, taxminan 13-19 foiz britaniyaliklarda suyaklar, tishlar va mushaklar rivojlanishi uchun zarur D vitamini yetishmovchiligi kuzatiladi. D vitamining asosiy manbasi — quyosh, u D3 provitaminini D vitamini faol shakliga aylantiradi. Britaniya osmonida esa quyoshdan bulut ko‘p.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring