Bloomberg: AQSh Rossiya–Ukraina urushiga 4 iyulgacha yakun yasashni istayapti
AQSh ma’muriyati Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni 4-iyulga – AQSh Mustaqillik kuniga qadar yakunlashga intilayotgani aytilmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi Yevropa va NATOdagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Vashington tomonidan tinchlik kelishuvini tezroq imzolash bo‘yicha bosim mavjud. Biroq ayni paytda Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelishuvga tayyor ekanini ko‘rsatuvchi aniq belgilar yo‘q.
Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida AQShning pozitsiyasi haqida gapirib, Donald Tramp Kiyev Rossiya bilan tinchlik bitimini imzolashini, shu bilan birga Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari beruvchi AQSh va Yevropa davlatlari bilan kelishuv ham tuzilishini istashini bildirgan.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki hujjat bir vaqtning o‘zida imzolanishi kerak va imkon qadar katta rasmiy marosim doirasida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda.
Hozircha muzokaralarning aniq natijalari yoki kelishuvning mazmuni ochiqlanmagan. Yevropa manbalari esa Rossiya tomonidan murosaga tayyorlik belgilari ko‘rinmayotganini qayd etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter