Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolgariya prezidenti o‘rniga mamlakatni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Bolgariya prezidenti o‘rniga mamlakatni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Rumen Radev.

Foto: BNT Novini

Bolgariya prezidenti vazifasini Rumen Radev iste’foga chiqqanidan so‘ng vitse-prezident Iliyana Yotova bajaradi. Bolgariya milliy televideniyesi efirga uzatgan murojaatda Radev shuni ma’lum qildi.

«Shuni ta’kidlashni istardimki, prezident va vitse-prezident lavozimidagi to‘qqiz yillik faoliyatimiz davomida biz umumiy maqsad yo‘lida samarali va uyg‘un ishlashimiz mumkinligini ko‘rsatdik. Ishonchim komilki, Iliyana Yotova munosib davlat rahbari bo‘ladi», — dedi prezident.

Iliyana Yotova

18-yanvar kun Radev iste’foga chiqishini e’lon qildi. Siyosatchi aytishicha, u parlamentdagi siyosiy partiyalar yangi hukumatni shakllantira olmaganidan keyin muqarrar bo‘lib qolgan muddatidan oldingi parlament saylovida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

O‘tgan yilning dekabr oyida Bolgariya bosh vaziri Rosen Jelyazkov mamlakatdagi norozilik namoyishlari fonida vazirlar mahkamasining iste’foga chiqishini e’lon qilgan edi. Bolgariya telegraf agentligining ta’kidlashicha, voqea parlament hukumatga ishonchsizlik votumi uchun ovoz bermoqchi bo‘lgan paytda yuz bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring