Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

CNN: Rossiya va AQSh tarixiy kelishuvga erishdi

CNN:  Rossiya va AQSh tarixiy kelishuvga erishdi

Rossiya va AQSh «tarixiy miqyosdagi» mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishib oldi, deya xabar bermoqda CNN. 

CNN telekanali Oq uydagi yuqori martabali manbasiga tayanib, Rossiya va AQSh keng ko‘lamli mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishib olganini ma’lum qildi – jarayon allaqachon boshlangan.

Kanalning ta’kidlashicha, suhbatdosh ayirboshlashda ishtirok etgan shaxslarning ismlarini keltirmagan.

Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, amerikalik mahbuslar tez orada AQShga topshiriladi. Almashinuvda boshqa davlatlar ham ishtirok etmoqda, deya qo‘shimcha qiladi kanal. Unda Rossiya va AQShdan tashqari Germaniya ham ishtirok etmoqda. Kanalning ta’kidlashicha, almashinuv o‘z miqyosi tufayli «tarixiy» voqea bo‘ladi.

Xabarlarga ko‘ra,  almashinuvda Rossiyada qamoqda bo‘lgan jurnalist Evan Gershkovich, harbiy Pol Uilanlar ham bo‘ladi. Rossiya tomoni 10 ga yaqin mahbusni qaytarib olishi kutilyapti.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring