Mark Sukerberg «milliarderlar bunkeri»ga ko‘chib o‘tmoqda
Meta rahbari Mark Sukerberg Florida shtatidagi Indian-Krik sun’iy orolida joylashgan «milliarderlar bunkeri»dan ko‘chmas mulk sotib oldi, deb xabar berdi The Wall Street Journal.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Indian-Krik — dunyodagi eng yopiq va qo‘riqlanadigan orollardan biri. U yerda faqat o‘ta boy va nufuzli odamlar yashagani uchun «milliarderlar bunkeri» nomini olgan. Riyeltorlar 8 ming kvadrat metr maydonga ega koshona Sukerbergga $150–200 mlnga tushgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilishmoqda.
Orolda Amazon asoschisi Jeff Bezos, NFL mashhur o‘yinchisi Tom Bredi, AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushnerning uyi bor, deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter