Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Donetskdagi dahshat: raketa hujumi sabab 30 kishi qurbon bo‘ldi

Donetskdagi dahshat: raketa hujumi sabab 30 kishi qurbon bo‘ldi

Foto: Mediazona

Ukrainaning Donetsk viloyatidagi poyezd vokzaliga raketa tushgan. Natijada 30 kishi qurbon bo‘lgan. 100 nafardan ortiq kishi jarohat olgani aytilmoqda.

Donetsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar Rossiyaning «Iskandar» raketa majmuasi tomonidan berilgan, deya yozadi «Mediazona».

O‘z navbatida, tan olinmagan DXR rasmiylari stansiyaga hujum Ukrainaning «Tochka-U» raketasi tomonidan amalga oshirilganini da’vo qilmoqda.

«Urush sharoitida nizolashayotgan tomonlarning rasmiy vakillari tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarni tezkor tekshirish ilojsiz», deyiladi OAV ma’lumotlarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring