Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik Xitoyda ochildi (video)

Dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik Xitoyda ochildi (video)

Foto: «Twitter»

Xitoyda dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik ishga tushirildi. Qush parvozi balandligidagi shaffof ko‘prik Lyanszyan daryosining ikki sohilini tutashtiradi, deyiladi «Outlook India» xabarida.

Ko‘prik 201 metr balandlikda qurilgan. Uzunligi 526 metr, unda ishlatilgan shisha uch qatlamli bo‘lib, jami qalinligi 4,5 santimetrga teng.

Ko‘prikka chiqqanlar oyoqlari ostidagi daryoni bemalol ko‘rishlari mumkin. Shaffof ko‘prik bir paytning o‘zida 500 tagacha kishini ko‘tara oladi.

Ma’lumot uchun: dunyodagi bundan oldingi eng uzun shisha ko‘prik ham Xitoyda, Xunan viloyatidagi Chjanszyaszedagi Milliy bog‘da joylashgan edi. Uning uzunligi 393 metr bo‘lib, yerdan 300 metr balandlikda qurilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring