Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emmanuel Makronni «tuxum bilan siylagan» erkak hibsga olindi

Emmanuel Makronni «tuxum bilan siylagan» erkak hibsga olindi

Lionda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga tuxum uloqtirgan erkak hibsga olindi. Bu haqda BFMTV telekanali ma’lum qildi.

Qo‘lga olingan fuqaro «davlat hokimiyati berilgan shaxsga nisbatan zo‘ravonlik» moddasi bilan ayblanmoqda.

Fransiya prezidentiga Eurexpo ko‘rgazmasiga tashrifi chog‘ida unga qarata noma’lum narsa uloqtirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu tuxum ekanligi aniqlangan.

Xavfsizlik xizmati norozilik bildirib, «yashasin inqilob!» deb baqirgan yigitni hibsga olgan.

Iyun oyining boshida, Fransiyaning janubi -sharqidagi Drom bo‘limiga tashrifi chog‘ida, Makronga odamlardan biri shapaloq tushirgandi.

Makronni urgan odam to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. Makronning o‘zi voqeaning ahamiyatini oshirib yubormaslikka chaqirdi va fransuzlar bilan uchrashuvni davom ettirishini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring