Erdo‘g‘on Isroil va Falastin o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyor
Turkiya diplomatik kanallar orqali Isroil va Falastinni mojaroni hal qilishda vositachi bo‘lishga, jumladan, ushbu davlatlar rahbarlarining uchrashuvini tashkil etishga tayyorligini ma’lum qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil va Falastin rahbarlari bilan telefon orqali gaplashgan.
Erdo‘g‘an tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatib, muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi.
Anqara, shuningdek, tomonlarga har qanday vositachilik, jumladan, liderlar uchrashuvini tashkil etishga tayyorligini bildirdi. Anqara diplomatik missiyasi ham mojaroni hal qilish uchun G‘arb davlatlari bilan aloqalarni davom ettirmoqda.
Uch kun ichida Isroil-Falastin urushi natijasida isroilliklar orasida qurbonlar soni 900 nafarga yetdi. Isroilning G‘azo sektoriga bergan raketa zarbalari natijasida qurbon bo‘lgan falastinliklar soni esa 687 nafarga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter