Eron arab davlatlaridan 270 mlrd dollar talab qilmoqda
Amir Said Iravoniy.
Eron AQSh va Isroil bilan bo‘lgan «urushdagi ishtiroki» uchun beshta arab davlatidan tovon puli to‘lashni talab qilmoqda. Mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniy bu borada bayonot berdi.
Tegishli hujjat BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga topshirilgani aytilmoqda.
Amir Said Iravoniyga ko‘ra, Bahrayn, Iordaniya, Qatar, BAA va Saudiya Arabistoni o‘z hududlaridan Eronga qarshi harakatlar uchun foydalanishga ruxsat berib, Tehron oldidagi xalqaro majburiyatlarini buzgan.
Eron hukumati rasmiy vakili Fotima Muhojironiy RIA Novosti agentligiga bergan ma’lumotga ko‘ra, AQSh va Isroil hujumlari oqibatida Eronga yetkazilgan zarar miqdori, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 270 milliard dollarni tashkil etgan.
Ushbu mablag‘ nafaqat infratuzilma va iqtisodiy yo‘qotishlarni, balki tinch aholi orasidagi qurbonlar va ma’naviy zararni ham o‘z ichiga olishi ta’kidlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter