Eronda ayollarga mototsikl boshqarishga ruxsat berildi
Eron hukumati ayollarga mototsikl boshqarishga ruxsat berdi, deb yozmoqda Ilna agentligi.
Birinchi vitse-prezident Muhammad Rizo Orif tomonidan imzolangan rezolyusiya yanvar oyida qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, mamlakat bosh qo‘mondonligi ayollar uchun mototsikl boshqarish amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish, imtihonlar yo‘l politsiyasi nazorati ostida olinishi va tegishli haydovchilik guvohnomalari berilishiga mas’ul bo‘ladi.
Shu paytgacha eronlik ayollar transport vositalaridan faqat avtomobilni boshqarish huquqiga ega edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter