Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Livanda eronlik yirik qo‘mondon va general o‘ldirildi

Livanda eronlik yirik qo‘mondon va general o‘ldirildi

Eron hukumati Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Isroilning juma kuni Bayrutga bergan zarbalari natijasida halok bo‘lganini tasdiqladi.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining ma’lum qilishicha, 27-sentyabr, juma kuni Isroilning Livandagi havo hujumi chog‘ida korpus operatsiyalari qo‘mondoni o‘rinbosari, brigada generali Abbos Nilforushan halok bo‘lgan.

Nilforushan 2019-yilda Ali Zahidiyning o‘rniga operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Korpus o‘z bayonotida Nilforushonning Qarshilik jabhasi va Eronni himoya qilishdagi roli qayd etilgan va uning o‘limi uchun hamdardlik bildirilgan, Isroilning Livandagi jinoyatlarini qoralagan. 

Eslatib o‘tamiz,  28-sentyabr kuni Bayrutda "Hizbulloh" rahbari Hasan Nasrulloh halok bo‘ldi. 

Ilgari Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi iyul oyi oxirida Tehronda o‘ldirilgan Xamas yetakchisi Ismoil Haniya o‘limi munosabati bilan javob choralarini ko‘rishni va’da qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring