Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa parlamenti deputatlari qancha maosh oladi?

Yevropa parlamenti deputatlari qancha maosh oladi?

Yevropa parlamentining yaqindagina saylangan deputatlari qonunchilik faoliyatini boshlashga hozirlik ko‘rmoqda.

Yangi chaqiriq deputatlarining oylik maoshi 8089 yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, Yevroparlamentning har bir a’zosiga ish faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar uchun 4950 yevro ustama beriladi. Deputat yil davomida sababsiz ravishda parlament majlislarining yarmidan ko‘pida qatnashmasa, ustama ham ikki baravarga qisqartiriladi.

Yevropalik xalq noiblarini moddiy rag‘batlantirish bu bilan cheklanmaydi. Deputatlar parlament binosida o‘tkazgan har bir kuni uchun 350 yevro miqdorida mablag‘ oladi. Buning uchun ular parlamentning davomat daftariga imzo qo‘yib, yo‘qlamadan o‘tishi kerak.

Shu tariqa, yevropalik qonun ijodkori har oy o‘rtacha 17 ming yevro maosh va ustama oladi. 

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 6-9 iyun kunlari Yevropa Ittifoqida parlament saylovi bo‘lib o‘tdi.

720 ta deputatlik kreslosi a’zo davlatlar o‘rtasida quyidagicha taqsimlandi: Germaniya – 96, Fransiya – 81, Italiya – 76, Ispaniya – 61, Polsha – 53, Ruminiya – 33, Niderlandiya – 31, Belgiya – 22, Gretsiya – 21, Chexiya – 21, Shvetsiya – 21, Portugaliya – 21, Vengriya – 21, Avstriya – 20, Bolgariya – 17, Daniya – 15, Finlyandiya – 15, Slovakiya – 15, Irlandiya – 14, Xorvatiya – 12, Litva – 11, Sloveniya – 9, Latviya – 9, Estoniya – 7, Kipr – 6, Lyuksemburg – 6, Malta – 6.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring