Yevropada bir haftada jazirama oqibatida 1300 dan ortiq inson vafot etdi
London. 2026-yil 26-iyun.
Yevropada 21-iyundan beri kuzatilayotgan anomal issiq havo oqibatida 1 300 dan ortiq inson vafot etdi. Bu haqda JSST rahbari Tedros Gebreyesus bayonot berdi.
«Hozirda qariyb 150 million aholi haddan tashqari issiq iqlim sharoitida yashamoqda, maktablar yopilmoqda, energiya tizimlari esa yuklamani ko‘tara olmayapti», — deb yozdi u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
JSST rahbari issiqlik stressini «indamas qotil» deb atadi va Yevropadagi uylar, maktablar hamda ish joylari bunday yuqori haroratlarga moslashmaganini ta’kidladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter