FQB sobiq sportchini top-10 jinoyatchi ro‘yxatiga kiritdi

Kanadalik sobiq olimpiya snoubordchisi Rayan Vedding AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) izlayotgan top-10 jinoyatchi ro‘yxatiga kiritildi. U giyohvandlik moddalari noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tarmoqqa asos solgan.
NBC News telekanali xabariga ko‘ra, Vedding boshchilik qilgan amaliyotlar orqali Kolumbiyada tayyorlangan narkotiklar muntazam ravishda Meksika chegarasi orqali AQSh va Kanadaga olib kirilgan.
FQB taxminicha, Vedding Meksika hududida, u «qurollangan va xavfli» deya toifalandi.
Davlat departamenti tergovga yordam beruvchi istalgan ma’lumot uchun 10 mln dollar mukofot e’lon qildi, FQB esa Rayan Veddingni tutish, hibsga olish va ekstraditsiya qilishga olib keluvchi ma’lumotlar uchun qo‘shimcha 50 ming dollar va’da qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter