Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gollivud aktyori Bryus Uillis bedavo kasallikka yo‘liqqani ma’lum bo‘ldi

Gollivud aktyori Bryus Uillis bedavo kasallikka yo‘liqqani ma’lum bo‘ldi

Bryus Uillisning sog‘lig‘ida muammolar borligi haqidagi mish-mishlar o‘tgan yili paydo bo‘lgandi. Biroq, bugungi kungacha bu qanchalik jiddiy ekani aniq emasdi. Ma’lum bo‘lishicha, Gollivud aktyori bedavo kasallik tufayli faoliyatini erta tugatmoqchi.

Bryus Uillis 19 mart kuni tug‘ilgan kunini nishonlaydi, u 67 yoshga to‘ladi. Gollivud o‘lchovlariga ko‘ra, aktyorning «nafaqa»ga chiqishiga bu yosh hali erta. Biroq, sog‘liqdagi muammolar endi Uillisga o‘zini avvalgidek shijoat bilan ishlashiga imkon bermaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bryus erta demensiya (aqliy zaiflik)dan aziyat chekadi. Qayd etilishicha, davolab bo‘lmaydigan ushbu kasallik tufayli aktyor faoliyatini yakunlashiga to‘g‘ri keladi. Chunki kasallik uning xotirasini yo‘qotishiga olib keladi.

Bu ma’lumotni rejissyor Mett Eskandari tasdiqladi.

«Bu to‘g‘ri. Men u bilan to‘rtta film suratga oldim, shuning uchun xabarim bor. Bryus Uillis kabi afsonaning ko‘z o‘ngingizda so‘nayotganini ko‘rish juda achinarli», — dedi Eskandari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring