«Grenlandiyadan qo‘lingni tort»: Daniya TIV Trampga murojaat qildi
Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lokke Rasmussen AQSh prezidenti Donald Trampni Grenlandiyadan «qo‘lini tortishga» chaqirdi va Amerikaning orolga hujumi butun qirollikka hujum sifatida qabul qilinishini ta’kidladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Rasmussen Daniya AQShning Grenlandiyani topshirish talablariga bo‘ysunmasligini aytdi va Trampning pozitsiyasini tushuntirish uchun AQSh elchisini chaqirdi.
«Qirollikning bir qismiga hujum butun qirollikka hujumdir», dedi Rasmussen mahalliy TV2 telekanaliga bergan intervyusida va Grenlandiya «NATO himoyasi ostida» ekanligini ta’kidladi.
Grenlandiya bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen ham orolni AQShGA topshirish imkoniyatini rad etdi.
«Grenlandiya grenlandiyaliklarga tegishli va uning hududiy yaxlitligi hurmat qilinishi kerak», deb yozdi Nilsen Facebookʼdagi postida.
Eslatib o‘tamiz, 22-dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp respublikachi Luiziana gubernatori Jeff Landrini Grenlandiya bo‘yicha maxsus elchisi etib tayinlaganini e’lon qildi. Landri Trampga uni Grenlandiya bo‘yicha maxsus elchi etib tayinlagani uchun minnatdorchilik bildirdi va mamlakatning orolni sotib olish niyatini tasdiqladi. Keyinchalik Tramp AQShga Grenlandiya resurslarni nazorat qilish uchun emas, balki milliy xavfsizlik uchun kerakligini tushuntirdi. Shu bilan birga, Jens-Frederik Nilsen AQShning orolni egallab olish istagidan afsusda ekanligini bildirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter